22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,6 °C

Transport
26 Sentyabr  2019 596

«Sian-Tashkent-Sian» yo‘nalishida charter reysi yo‘lga qo‘yilmoqda

Bugungi kunda turizmni rivojlantirish, sayyohlar uchun munosib sharoit va qulayliklarni yaratish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tarixiy ob'ektlar va diqqatga sazovor maskanlar yanada obodonlashtirilmoqda, yangi mehmonxonalar qurilmoqda, yangi reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini yanada mustahkamlash, yurtimizga chin mamlakatidan keluvchi turistlarni tobora ko‘paytirish maqsadida 27 sentyabrdan Xitoyning «Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.» aviakompaniyasi tomonidan «Sian-Tashkent-Sian» yo‘nalishida charter reysi yo‘lga qo‘yilmoqda. Parvoz 173 o‘rinli Airbus A320neo havo laynerida amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech