20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Voqea-hodisalar
15 Iyun  2020 990

Alternativ energiya taʼminotiga innovatsion yondashuv

Shvetsiyada birinchi bora, minorasi yogʻochdan yasalgan, shamol turbinasi qurildi. Shamol generatorining Modvion firmasining muhandislari tomonidan loyihalangan minorasi yogʻoch massividan yasalgan boʻlib, oʻzining mustahkamligiga koʻra oʻzining metall analoglaridan sira qolishmaydi.

Baland metall minoralar yuqoridagi seksiyalarni tutib turishi uchun yoʻgʻon asosni talab qiladi, bu esa ularning nafaqat ishlab chiqarilishini qimmatlashtiribgina qolmay, balki ularni qurilish maydonchasiga yetkazib berish uchun ham juda koʻp kuch va mablagʻ talab qiladi. Bundan tashqari, bunday gabaritli yuklarni umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab tashish ham koʻpincha muammoli boʻladi.

Buning oʻrniga Modvion poʻlatga qaraganda arzonroq va ekologik jihatdan tozaroq materiallardan yasalishi mumkin boʻlgan modulli versiyalar ustida ishlamoqda. Kompaniyaning yogʻochdan yasalgan shamol minoralari 120 metrdan ortiq balandlikka moʻljallangan boʻlib, ularning shtabellanuvchan seksiyalarini umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab hech qanday muammolarsiz tashib yurishga imkon beruvchi modulli yondashuv evaziga xuddi shunga oʻxshash poʻlatdan tayyorlanadiganlariga nisbatan sezilarli darajada kamroq sarf-xarajat talab qiladi.

Yana bir muhim omillardan biri shundaki, qurilish boshlanishi paytidan ular uglerodga neytral hisoblanadilar: chunki ushbu minoralarni ishlab chiqarishda karbonat-angidrid gazi havoga chiqarib yuborilmaydi, deb xabar beradi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech