18 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32 °C

Dolzarb
21 Fevral  2019 1790

Shveytsariyaning UBS banki Fransiyada rekord summaga jarimaga tortildi

Fransiyalik fuqarolarga soliqlardan qochish va pullarni yuvishda yordam ko‘rsatgani, shuningdek, firibgarlik uchun Parij yuqori instansiyalar sudi Shveytsariyaning gigant UBS bankini 3,7 milliard yevro miqdorida jarimaga tortdi.

 

Bundan tashqari, bank Fransiya davlatiga 800 ming yevro kompensatsiya ham to‘lashi lozim. Shveytsariya banklari guruhining Fransiya filiali UBS France 15 million yevro jarimaga tortildi, deya xabar tarqatadi Fransiyaning France 24 telekanali.

Shuningdek, sud Milliy moliyaviy prokuratura (MMP) tavsiyalarini ham bajardi. Prokuratura olti yillik tekshiruvlardan so‘ng bankning 2004-2012-yillar oralig‘ida fransiyalik soliq to‘lovchilarga soliqlardan qochishga noqonuniy yordam bergan. Tergovchilarning ta’kidlashicha, UBS fransiyalik badavlat soliq to‘lovchilarga soliqlardan qochishning keng tizimini yaratib bergan va mamlakatni 10 milliard yevrolik soliq daromadidan mahrum qilgan ulkan miqyosdagi soliq firibgarligini yuzaga keltirgan.

MMP UBS tomonidan sodir etilgan bunday xatti-harakatni qoraladi. Prokuraturani bankni Fransiyaning o‘zida jarimaga tortish imkoniyatining o‘zini rad etayotganiga, biroq xuddi shunday ayblovlar bilan 2009-yilda AQShda 800 million dollar va 2014-yilda Germaniyada 300 million yevro to‘lashga rozilik bergani hayratga solmoqda. UBS o‘z aybini inkor etmoqda va sud hukmidan norozilik arizasini bermoqchi.

Shveytsariya banki Fransiyada soliq sohasida ayblangan uchinchi xorijiy bank bo‘ldi. 2017-yilda Turkiyaning Garanti banki qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan bog‘liq yirik firibgarlikdagi ishtiroki uchun 13 million yevro miqdorida jarimaga tortilgan edi. Joriy yilda esa Latviyaning Rietumu banki «France Offshore» ishi bo‘yicha qariyb 700 million yevro pulni yuvishda ishtirok etgani uchun 80 million yevro jarimaga hukm qilindi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech