09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Tashvishli xabar
18 Fevral  2020 2016

Hazil zilga aylandi

Hammasi «qizil» rang beruvchi koller to‘kilib ketganidan boshlandi. Voqyea Andijon viloyatining Shahrixon tumanida sodir bo‘lgan.

 

Xonadon ta’miri vaqtida o‘spirinning kiyimiga to‘kilib ketgan qizil rangli bo‘yoq yigitlarning fikrini o‘zgartirdi. Uchchala shovvozlardan birining taklifiga ko‘ra, sun'iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holati vujudga keltirilib, videotasvirga olinib, telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali internetda tarqatib yuborilgan.

Albata, sarguzasht uzoqqa cho‘zilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarga sun’iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holati tasvirlangan holatni tarqatganlar tezda qo‘lga olinib so‘roq qilindi.

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov raisligida o‘spirinlarning qilmishlari keng jamoatchilik ishtirokida, ularning ota-onalari bilan birgalikda tanqidiy muhokama qilindi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech