24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Xavfsizlik
16 Avgust  2019 353

Rasmiy xabar: Mirobod tumanida qoldirib ketilgan shubhali qog‘oz qutilar haqida

15-avgust kuni soat 18:15lar atrofida Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimlari Mirobod tumanining Mirobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy oldida shubhali bir necha qog‘oz qutilari yotganligini aniqlab, Mirobod tumani 2-sonli Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.

Zudlik bilan voqyea joyiga yetib kelgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan tekshirilganda, ushbu qog‘oz qutilar bo‘shligi ma'lum bo‘ldi.

Voqyea joyida o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida, qoldirib ketilgan qog‘oz qutilari shu ko‘chadagi uyning 1-qavatida joylashgan oyoq kiyimlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon xodimlari tomonidan qo‘yib ketilganligi aniqlandi.

IIV matbuot xizmati hyech qanday vahimaga hojat yo‘qligini bildiradi va aholidan har qanday sharoitda ham hushyorlikni yo‘qotmaslikni so‘rab qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech