18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Sport
5 Yanvar  2019 1323

Shubhali penalti BAAni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Xabar berganimizdek, bugun Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogiga start berildi.

Musobaqaning dastlabki o‘yini A guruhi vakillari BAA va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasida murosasiz kechdi.

Avvaliga mezbonlar, BAA terma jamoasi ustunlik qilayotgandek edi. Ammo bahraynlik futbolchilar asta-sekin vaziyatni o‘nglay boshladi va hujumlar uyushtirishga o‘tdi. 

O‘yinning 79-daqiqasida Rohaymiy gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada Ahmad Halil shubhali tarzda belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi. Bu natija o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi.

Guruhning qolgan ikki jamoasi Tailand va Hindiston ertaga o‘zaro bellashadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech