21 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Mamlakatimizda
24 Mart  2019 1310

Mast holda transport vositasini boshqarganlarga qanday jarimalar qo‘llanishini bilasizmi?

Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta'siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari (5 mln 68 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining qirq baravari (8 mln 109 ming so‘m) miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta'siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari (5 mln 68 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech