21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Madaniyat
5 Sentyabr  2019 864

Shoshtepa arxeologik yodgorligi saqlab qolinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shoshtepa arxeologik yodgorligining hozirgi holati keng muhokama qilinmoqda. Toshkentliklar uning atrofidagi qurilish ishlari sabab yodgorlikka ziyon yetayotganidan va u kelajak avlodlar uchun saqlanmasligidan xavotirlarini bayon etganlar. Bu haqida tadqiqotchi Rustam Husanov tarixchi Margarita Filanovichning so‘zlariga tayanib yozgan.

Toshkent shahar hokimligi ushbu tarixiy meros nafaqat munosib saqlab qolinishi, balki lozim darajada qayta ta'mirlanishidan manfaatdor. Hozir mazkur yodgorlikni asrab-avaylash bo‘yicha loyihalash ishlari olib borilmoqda, qulab tushgan tepalik ustini yopish va ob'ekt atrofida sayyohlik hududini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqida keyinchalik atroflicha ma'lumot beramiz.

Eslatib o‘tamiz, Shoshtepa miloddan avvalgi IX va milodiy XVI asrlarga oid yodgorlik bo‘lib, Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasida, Jo‘n kanali bo‘yida joylashgan. Va ayni shu yodgorlikdan Toshkentning 2200 yoshini belgilashga imkon beradigan shaharcha belgilari topilgan, deya ma'lum qiladi TOshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech