18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,9 °C

Xavfsizlik
25 Mart  2019 1174

Shokolad qutisidan giyohvandlik vositasi chiqdi

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Toshkent halqaro aeroporti orqali yurtimizga narkotik moddalarni olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.

 

Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Xorijdan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro  Z.Q. (ism-shariflar o‘zgartirilgan) “yashil” yo‘lakdan harakatlanish chog‘ida to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganda uning yuklari orasida 34 dona rangsiz paketchalarga qadoqlangan holda  shokolad qutisiga solingan shubhali moddalar borligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu  fuqarodan ashyoviy dalil sifatida olingan moddalar vazni 200,75 grammni tashkil etuvchi opiy giyohvandlik vositasi ekanligi tasdiqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech