04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Mamlakatimizda
20 Fevral  2020 1316

Fuqarolar yig‘inlariga ijtimoiy dasturlar asosida imtiyozli kreditlar ajratiladi

2020-yil 18-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4602-sonli  «O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muofiq, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirga hamda vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlari birinchi o‘rinbosarlari – vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlariga tenglashtiriladi.

Har bir mahallada tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni faol jalb qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quriladi.

Fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi, «Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Qaror bilan, shuningdek, komplekslarni qurish uchun davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari belgilandi.

Komplekslarni qurish uchun yer uchastkalarini tanlab olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

2020-yil 1-iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolarini qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash) ishlari yakunlanadi.

Qaror bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi, 99 shtat birligidan iborat markaziy apparatining tuzilmasi, shuningdek hududiy boshqarma va bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech