22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +39,6 °C

Kеyingi avlod
15 Yanvar  2019 2556

Toshkentdagi 60-sonli ixtisoslashgan maktabga Iogann Volfgang fon Gyote nomi berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi arafasida Toshkent shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitish bo‘yicha 60-sonli ixtisoslashgan maktabiga nemis shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote nomi berildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 1677 maktabda (2017-2018-o‘quv yiliga nisbatan 54 maktab ko‘p) 355 mingdan ziyod o‘quvchilar nemis tilini o‘rganmoqda. O‘rta ta’lim maktablarida 3 ming nafar nemis tili o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda. To‘qqiz maktabda nemis tili chuqurlashtirgan holda o‘qitiladi.

Hozirgi kunda Gyote instituti mamlakatimizdagi oltita maktabga nemis tilini chuqur o‘rganishda yoki ularni fan sifatida joriy etishda yaqindan yordam bermoqda.

Germaniyaning xorijdagi maktablari Markaziy boshqarmasi va yurtimizdagi nemis tiliga ixtisoslashgan olti umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

2018-yil davomida Germaniyada tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida 17 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Hozirda ular nemis tilini o‘qitish bo‘yicha maktablarda pedagogik faoliyat yuritmoqda.

Har yili hamkor maktablarning nemis tili o‘qituvchilari uchun turli seminar va treninglar tashkil etilmoqda. Hamkor maktablarning nemis tili o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshirish kurslari va seminarlarda ishtirok etish uchun stipendiyalar olmoqda.

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech