13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Voqea-hodisalar
21 Oktyabr  2019 376

Kamchatkadagi Shiveluch vulqoni uch kilometrlik kul ustunini yuzaga keltirdi

Kamchatkadagi Shiveluch vulqoni dengiz sathidan uch ming metr balandlikka kul ustunini chiqardi, deya xabar beradi olimlarning ma'lumotiga tayangan favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘lka rahbari.

«Bugun Shiveluch vulqonidan kul otilib chiqishi qayd etildi va u dengiz sathidan uch ming metr balandlikkacha ko‘tarildi. Shamol esishi hisobga olinsa, kul ustuni janubi-sharqiy yo‘nalishda tarqaladi», deyiladi xabarda.

Qutqaruv idorasi Kamchatka o‘lkasidagi aholi punktlariga kul tushishi hozircha qayd etilmagani aytmoqda.

Bundan tashqari, vulkan hududidan havo kemalari harakatining xalqaro yo‘llari o‘tmagani haqida xabar berilgan. Ushbu mintaqada sayyohlik guruhlari ro‘yxatga olinmagan.

Shiveluch (dengiz sathidan 3283 metr balandlikda) - Kamchatkaning eng shimoliy faol vulqoni hisoblanadi. U Kamchatka o‘lkasining Ust-Kamchatsk rayonidagi Klyuchi qishlog‘idan taxminan 45 kilometr masofada joylashgan. Hozirgi vaqtda vulqonda portlash-ekstruziv otilish davom etmoqda, bu esa kulning turli balandliklarga muntazam ravishda chiqarilib turganini bildiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech