22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Xavfsizlik
24 Yanvar  2019 1891

Shifokorning beparvoligi va bilimsizligi sabab bir bola nobud bo‘ldi

A.I 2015-yilda Andijon Davlat tibbiyot Instituti pediatriya fakulteti, 2017-yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, endokrinalogiya kafedrasi, bolalar endokrinolog yo‘nalishini tamomlagan. So‘ng Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMPda bolalar endokrinologi lavozimida ishlagan.

Bir so‘z bilan aytganda oliy ma’lumotli shifokor.

U o‘z ish joyida navbatchilikda bo‘lgan vaqtda F.Xo‘janiyozova farzandi Xojiakbar O‘rinboevni tana harorati 40,5 gradus bilan bolalar shifoxonasi qabul bo‘limiga olib kelgan. A.I esa o‘ziga yuklatilgan vazifalarga beparvolik bilan qarab, alahsirash, yo‘tal, tana harorati yuqoriligi kabi belgilar bilan og‘ir ahvolda kelgan bolaga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmagan. Bolaga talvasini oldini olish va isitmani tushirish uchun muolaja qilgan holda qabul bo‘limida ushlab turgan. Bemorning og‘ir ahvoldaligi, o‘tkir faringit (virus va bakteriyalar qo‘zg‘atilishidan tomoq shilliq qavatlar yallig‘lanishi), gipertermik sindrom (tana xaroratini 40,5 gradus, yuqoriligi), nevrotaksikoz (kasalliklar vaqtida infeksiyalar qonga o‘tishi hisobiga, qon tarkibida infeksiya ko‘payib ketishi, organizimda umumiy zaxarlanish belgilari borligi) tashxisini qo‘yib, alaxsirash, yo‘tal bo‘lsada, shoshilinch pediatriya (reanimatsiya) bo‘limiga joylashtirmagan.

Shuningdek, malakali reanimatolog va boshqa soha shifokorlari ko‘ruvini tashkil etmasdan, asoslantirilgan tashxis qo‘ymasdan, bemorni soat 2200 dan 0115 ga qadar nazoratsiz qoldirgan. Natijada bolaning sog‘lig‘i yomonlashgan, hushini yo‘qotgan va o‘ta og‘ir ahvolga tushgan. Bo‘limda amaliyot o‘tayotgan (e’tibor bering, amaliyot o‘tayotgan bo‘lajak shifokor bilgan holatni kasb ustasi bilmasligi mumkinmi?) Yu.Valiev tomonidan bemor shoshilinch pediatriya bo‘limiga soat 0115 da olib o‘tilgan.

Shoshilinch pediatriya bo‘limi shifokori X.Karimov tomonidan bemorga o‘tkir yurak yetishmovchiligi 4-darajasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 4-darajasi tashxisi qo‘yilib, ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalar o‘z samarasini bermaganligi natijasida soat 0150 da X.O‘rinboev vafot etgan.

Viloyat sudga oid komission ekspertizasi X.O‘rinboevning o‘limiga o‘tkir respirator infeksiya kasalligi, gipertermik sindrom (tana harorati yuqori darajaga ko‘tarilib ketishi) natijasida yuz bergan infeksion toksik shok, bosh miya shishuvi sabab bo‘lgani aytilgan. Agar voyaga yetmagan X.O‘rinboev tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limiga o‘z vaqtida yotqizilganida, navbatchi shifokor tomonidan uni ahvoli yetarli darajada baholanib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilganida, undagi asosiy kasallik asoratlarini oldini olish va hayotini saqlab qolish imkoniyati bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Sud hukmi bilan A.I O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, ikki yil xakim (vrach)lik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Gippoktar qasamini ichgan shifokorning vazifasi nima o‘zi? Insonlar hayotini asrab qolishga urinish emasmi? Ayniqsa, u bola bo‘lsa. U qonuniy tomondan jazosini oladi. Ammo uning aybi bilan birovning guldek farzandi olamdan o‘tdi. Endi bu shifokor o‘zini oqlay oladimi?

 

            Bekzod Haydarov

 Jinoyat ishlari bo‘yicha

Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman sudi raisi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech