05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

Xalqaro hamkorlik
7 Iyul  2020 547

SHHT mamlakatlari bilan eksport strategiyasi boʻyicha davra suhbati

2020-yil 7-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi vakillari Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar bilan eksport strategiyasi masalalari yuzasidan videokonferensiya shaklida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir 2020-yilda raislik qilayotgan taraf (Rossiya Federatsiyasi) tashabbusi bilan SHHTga aʼzo mamlakatlar davlat hokimiyati va ishbilarmon doiralari vakillari, shuningdek, SHHT Bosh kotibining oʻrinbosari Jonon Sherali Saidamir ishtirokida tashkil etildi.

Davra suhbatining kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin oldi:

- SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari tahlili;

- SHHTga aʼzo davlatlarning eksportga yoʻnaltirilgan korxonalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarining tahlili;

- texnik tartibga solish va standartlashtirish boʻyicha SHHT doirasidagi muloqotni rivojlanish istiqbollari;

- SHHT doirasida qoʻshma elektron savdo maydonchalarini rivojlantirish.

COVID-19 pandemiyasining tarqalishi tufayli yuzaga kelgan inqirozdan keyingi davrda SHHTga aʼzo davlatlar iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokamasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirda vazirlikning Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va integratsiya jarayonlari departamenti direktori Matkarimov Shuxrat Tulibayevich “Mintaqalararo hamkorlik savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish omili sifatida” mavzusidagi taqdimot bilan qatnashdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan bildirilgan Tashkilotga aʼzo davlatlar mintaqalarining hamkorligini kengaytirish boʻyicha tashabbuslar, davra suhbati qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi.

Davra suhbati yakunlari boʻyicha tomonlar bunday tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech