15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Bilasizmi?
18 Oktyabr  2019 429

ShHT davlatlari maxsus xizmatlari 2018-yil davomida 600 terrorchini qo‘lga oldi

Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari maxsus xizmatlari 2018-yilda xalqaro terroristik va diniy-ekstremistik tashkilotlarning 600 nafardan ziyod ishtirokchilarini qo‘lga oldi, deya xabar beradi Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Jumaxon G‘iyosovning ma'lumotiga tayangan RAA «Novosti».

Jumaxon G‘iyosov 15-17-oktabr kunlari Rossiya FXX hamkor-maxsus xizmatlar, xavfsizlik organlari va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining Sochidagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Juma kuni MATT veb-saytida uning chiqishi e'lon qilindi.

«Xalqaro terrorchilik tashkilotlari va ular bilan bog‘liq vakolatli organlar faoliyati to‘g‘risida faol axborot almashish natijasida 2018-yilda xalqaro terroristik va diniy-ekstremistik tashkilotlarning 600 dan ortiq a'zolari qo‘lga olindi», deydi G‘iyosov.

MATT ma'lumotiga ko‘ra, ShHT davlatlarining maxsus xizmatlari o‘tgan yili 360 dan ortiq terroristik hujum oldini olgan va diniy-ekstremistik jinoyatlarga tayyorgarlik jarayonini to‘xtatgan, 170 dan ortiq qo‘lbola portlovchi moslamani musodara qilgan, terrorchilik va ekstremistik kontentga ega 165 ming internet-resursdan foydalanishni cheklab qo‘ygan.

«ShHT MATT formatida ShHTga a'zo davlatlar xavfsizligiga yangi tahdid va xavf-xatarlar yuzaga kelishini monitoring qilish va tezkor javob berish mexanizmi yaratildi va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda», deya qo‘shimcha qiladi G‘iyosov. U ShHTga a'zo davlatlarning vakolatli organlari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ekspertlar guruhlari tashkil etilgani, ularning yig‘ilishlari rejali asosda o‘tkazilayotganini ta'kidladi.

G‘iyosov ShHT MATT ikki tomonlama standartlar va terrorchilarni «yomon» va «yaxshi»ga ajratishning qabul qilinmasligi asosida aksilterror tarmog‘ini yaratish manfaatlari yo‘lida ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta'kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech