21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Hukumat
26 Iyul  2019 962
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining o‘zidayoq mazkur bandargohni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi. Xususan, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poezd va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech