09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Xalqaro munosabatlar
1 Avgust  2019 1104
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Belarusning yetakchi innovatsion kompaniyalarini O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida “Belarus” yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu park 2005-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014-yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yo‘nalishlari kengaytirilgan.  

Bugungi kunda “Belarus” YuTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsion yechimlar, konsalting va boshqa yo‘nalishlarda yetakchi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi. 

Prezidentimizga Yuqori texnologiyalar parkida bank-moliya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va boshqa sohalar uchun yaratilgan innovatsion yechim va ishlanmalar haqida ma'lumot berildi.

Davlatimiz rahbari mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O‘zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech