18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Hukumat
29 Mart  2019 1734
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy yigiruv korxonasini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘ijduvon tumanidagi «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ip yigiruv va to‘quv korxonasini borib ko‘rdi.

 

Qishloq xo‘jaligini diversifakatsiya qilish, xomashyoni yurtimizda qayta ishlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida ushbu korxona qurilishiga zarur sharoit yaratildi. Germaniya, Turkiya, Shveytsariya va Yaponiyadan zamonaviy texnologiyalar olib kelib o‘rnatildi. Joriy yil yanvarda ishga tushirilib, 350 ta ish o‘rni yaratildi. Korxona yiliga 9400 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 5 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega.

Bu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvati yanada kengaytirilishi, eksport yiliga 51 million dollarga, ish o‘rinlari 1 ming 250 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. 

Shu yerda Buxoro viloyatida 2019-2020-yillarda sanoat sohasida amalga oshiriladigan, shuningdek, mamlakatimizning Xitoy, Indoneziya va Isroildagi elchixonalari tomonidan taklif etilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Ularga muvofiq, viloyatda paxta, meva-sabzavot, teri, jun va kimyo mahsulotlarini qayta ishlash hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini 3 barobar oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan. Infratuzilmani rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi tarmoqlari barpo etish loyihalari ishlab chiqilgan. 

Prezidentimiz har bir loyihaning moliyaviy, tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratib, ular yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech