20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Hukumat
9 May  2019 1728
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev ajdodlar xotirasini yod etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni poytaxtimizdagi Xotira maydoniga tashrif buyurdi. Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Motamsaro ona siymosida urushning barcha dardu tashvishlari, mudhish oqibatlari mujassam. Chunki el-yurt himoyachilarini voyaga yetkazgan ham, urushning azob-uqubatlarini eng ko‘p tortgan ham mushtipar onalardir.

Shukurki, bugun mamlakatimiz tinch-osoyishta. O‘g‘il-qizlar sog‘-salomat, ota-onalarning ko‘nglida halovat. 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bizni shu osuda hayotning qadriga yetishga, barcha xalqlar bilan do‘st va hamkor bo‘lib, yorug‘ kelajak bunyod etishga da’vat qiladi. 

Ushbu sana munosabati bilan turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari ham Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydi. Bu yerga kelgan yoshlar ota-bobolari, bugungi yorug‘ kunlar uchun fido bo‘lgan insonlarni yod etib, tinchlik qadri va ahamiyati haqida xulosalar chiqardi.

Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri Toshkent botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech