19 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,6 °C

Xalqaro munosabatlar
1 Avgust  2019 979
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi. 

Davlatimiz rahbari Minskka kelgach, an’anaga ko‘ra, Belarus poytaxtidagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlarining tantanali marshi bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning asosiy voqealari 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Prezidentlar Minskda ochilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyuradilar. Tashrif dasturidan Belarus yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishish ham o‘rin olgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech