25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Madaniyat
27 Aprel  2019 754

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (354-son, 25.04.2019 y.) bilan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

 

Nizomga muvofiq, festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi o‘n kunligida Samarqand shahrida Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- konsertlarda chiqish tajribasiga egaligi;

- tanlov va festivallarda qatnashganligi;

- madaniyat va san'at sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direksiyasining tavsiyanomasiga egaligi;

- yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan san'atkorlar va jamoalar festival o‘tkaziladigan yilning 1 iyunigacha info@sharqtaronalari.uz manziliga hujjatlarni yuborishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech