06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Energetika
15 Aprel  2020 718

Shamol elektr stansiyasi uchun tender

O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun birinchi tender boshlandi.

O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasini qurish loyihasida ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar buyurtmalarini 2020-yil 13-maygacha topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarni ushbu loyiha bo‘yicha ob’ektlarni rivojlantirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va ulardan foydalanishda ishtirok etishga taklif etadi.

Ushbu shamol energiyasi loyihasi bo‘yicha birinchi tender yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshiriladi.

Qiziqish bildirish haqidagi takliflarni qabul qilish 100 MVt shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender savdolarning e'lon qismidir. Tender 2 bosqichda o‘tkaziladi, ular orasida malakali tanlash hamda texnik va tijorat takliflarni ko‘rib chiqish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qarao‘zak tumanida ushbu shamol elektr stansiyasini va tegishli infratuzilmani qurish uchun joy tanlangan. Ayni paytda ushbu hudidda ekologik tadqiqotlar va qushlarning migratsiyasini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, birinchi elektr stansiyasi quriladigan maydon yaqinida umumiy quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun shunga o‘xshash tender o‘tkaziladi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli strategiyaning bir qismidir.

Umuman, ushbu strategiya mamlakatda iqtisodiy o‘sib borayotgan elektr energiyasi iste’molini qondirish uchun kelgusi 10 yil ichida quvvati 3 GVt gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishini ko‘zda tutadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech