30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,7 °C

Turizm
3 Iyul  2020 1020

Shahrisabz dunyo maqomchilarini kutadi

Shahrisabzda II maqom sanʼati xalqaro anjumani oʻtkaziladi.

Bu yil ham “II Xalqaro maqom sanʼati anjumani 5-10-sentyabr kunlari «Festivallar shahri” – Shahrisabzda oʻtkaziladi.

Ayni paytda Shahrisabzda ushbu nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Anjumanni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy guruh shakllantirilib, tegishli tashkilotlarga bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berilgan.

-Anjuman doirasida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar, tayyorgarlik jarayonlari, hududlardan tashrif buyuruvchilarning ishtiroki sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda tashkil etiladi, -deydi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh. Jalalov. –Xorijlik ishtirokchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yigʻimlarini undirmasdan rasmiylashtirib beriladi.

Eslatib oʻtamiz I xalqaro maqom sanʼati anjumani 2018-yilning 6-10-sentyabr kunlari Shahrisabz shahrining tarixiy markazida oʻtkazilgan boʻlib, unda jahonning 75 mamlakatidan yakkaxon xonandalar, folklor jamoalari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etgandi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech