20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Sport
22 Fevral  2019 1394

Shahram G‘iyosov yakshanba tongida ringga ko‘tariladi

24-fevral tongida professional bokschimiz Shahram G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangini o‘tkazadi. Meksikaning Tixuana shahrida o‘tkaziladigan jangda hamyurtimizga meksikalik Edgar Puerto raqiblik qiladi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

 

Ma’lumot uchun, Shahram bugungi kunga kelib professional ringda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Beshtda bahsni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal etgan. Tajribali Edgar Puerto esa shu kungacha 37 ta jang o‘tkazgan. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 11 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (5 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech