17 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2 °C

Sport
11 Dekabr  2019 464

Shahram G‘iyosov Tokiodagi olimpiadada ishtirok etmoqchi

Professional boksning super yengil vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov yana havaskor boksga qaytmoqda, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, Shahram 2020-yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmoqchi. Shu sababdan u fevralda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga saralash turnirida -69 kg vaznda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda u terma jamoa bilan birga Yangioboddagi bazada mashg‘ulotlar olib bormoqda.

«Rio olimpiadasi vaqtida mening sharafimga madhiyamiz yangrab, bayrog‘imiz yuqori ko‘tarilishini xohlaganman. Ammo bir qadam qolganda bu ish amalga oshmay qoldi. Endi buni Tokioda amalga oshirmoqchiman. Hozircha sportdagi armonim Olimpiada chempioni bo‘lish, bunga ham yetishmoqchiman», deya gapirib o‘tgan G‘iyosov intervyularining birida.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov professional boksda 9ta jang o‘tkazishga ulgurgan bo‘lib, WBA International chempionlik kamari sohibi ham sanaladi. Profi-boksda 15ta va undan kam jang o‘tkazgan bokschilarga havaskor boksda ham ishtirok etish uchun imkoniyat beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech