15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Sport
9 Iyul  2019 730

Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini avgust oyida o‘tkazadi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov avgust oyida o‘zining to‘qqizinchi jangini o‘tkazadi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Shahram 24-avgust kuni navbatdagi jangi uchun ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma'lum emas. Jang AQShda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26-aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech