19 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19 °C

Sport
6 Aprel  2019 561

Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyutida g‘alaba qozondi

Rio olimpiadasi chempioni, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda debyut jangini o‘tkazdi. Buyuk Britaniyaning “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz dastlabki jangini indoneziyalik Entoni Xoltga qarshi olib bordi.

6 raundga mo‘ljallangan jangning 1-raundi ham tugashga ulgurmadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, referi yarim daqiqa ichida nokdaund holatini e'lon qildi. 1-raundning 19-soniyasi o‘tib borayotgan payt Zoirov yo‘llagan kuchli zarbani indoneziyalik bokschi o‘tkazib yubordi va yerga qulaganicha, 10 soniya ichida qaytib o‘rnidan ko‘tarilmadi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Shu tariqa hamyurtimiz professional boksdagi ilk jangida dastlabki daqiqadayoq nokaut evaziga g‘alaba qozonmoqda. O‘xshash jihati Shahram G‘iyosov ham o‘zining biringchi jangida xuddi shunday g‘alabani tantana qilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech