22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Sport
17 Iyul  2019 403

Shahobiddin Zoirov jarohati sabab Tailanddagi turnirni o‘tkazib yuboradi

20-27-iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha “Qirol kubogi” nomli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak turnir oldidan terma jamoamiz tarkibida jiddiy yo‘qotish ro‘y berdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Gap shundaki, unda -52 kilogramm vazn toifasida jang qilishi ko‘zda tutilgan Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov kichik jarohati sabab Tailandga bormaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga bu vaznda hyech qaysi sportchimiz qatnashmaydi. Shu tariqa, “Qirol kubogi”da 13 nafar bokschimiz ishtirok etadigan bo‘ldi. Tarkibni eslatib o‘tamiz.

Erkaklar:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-56 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Shukurjon Rahimov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov

Ayollar:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva
-51 kg: Sitora Shodgarova
-57 kg: Mahliyo Habibullayeva
-60 kg: Yodgoroy Mirzayeva
-69 kg: Maftunaxon Meyliyeva
-75 kg: Mavluda Mavlonova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech