18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Xalqaro munosabatlar
9 Mart  2019 1958

Seulda "Navro‘z" nomli madaniyat bayrami o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Koreya Respublikasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

Vazirlikdan ma'lum qilishlaricha, yana bir hamkorlik uchrashuvlaridan  biri bu  "Koreya Respublikasi-Markaziy Osiyo" hakorlik forumi sekretariati direktori Lim Chyol Vi bilan bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat madaniyat vakillarining uchrashuvida joriy yilning mart-aprel oylarida Seulda "Navro‘z" nomli madaniyat tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Ushbu madaniyat bayramida o‘zbekistonlik san'atkor va ijodkorlar ishtirokida katta konsert bo‘lib o‘tadi  shu yilning  sentyabr oyida esa, O‘zbekistonda Koreya-ko‘rgazmasini tashkil etish kelishildi hamda 2020-yilda O‘zbekiston muzey xodimlarini Koreyada malakasini oshirish masalasida muzokaralar olib borildi.

 Bu kabi sa'y-harakatlar madaniyat va san'at sohasini tubdan  isloh qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech