17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,8 °C

Bilasizmi?
7 Mart  2019 4805

«Netflix» Gabriel Garsia Markes asari asosida serial olmoqchi

Ilk marta «Yolg‘izlikning yuz yili» asari qahramonlari ushbu janrda paydo bo‘ladi.

 

«Variety»ning xabar qilishicha, ushbu xizmat Markes romaniga huquqni qo‘lga kiritgan. Kitob bo‘yicha ispan tilida serial suratga olinadi. Yozuvchining o‘g‘illari esa ijrochi prodyuserlar sifatida ishtirok etadi. Hozircha bu borada boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Nashrning aytishicha, 40 dan oshiq tilga tarjima qilingan roman hali ekranlashtirilmagan.

Gabriel Garsia Markes 1982-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech