17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Xavfsizlik
4 Mart  2019 1325

Sergelidagi yashirin itlar jangi to‘xtatildi

So‘nggi vaqtlarda respublika va Toshkent shahri hududida hayvonlar janglari haqida turli xabarlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, o‘tgan haftada Facebook’dagi «GUVD: dialog s naseleniem (Tashkent)» guruhida Karina Mirzaeva nomli foydalanuvchi Sergeli tumani hududida itlar jangi tashkil qilinganini keskin norozilik bilan xabar qilgan edi. IIBB ushbu xabar yuzasidan darhol choralar ko‘rdi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

 

Voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB va Milliy gvardiya xodimlari itlar jangini darhol to‘xtatdi. Ushbu tadbirni «ko‘rgazma» sifatida tashkil qilgan «O‘zbek bo‘ribosari» (uzbekskiy volkodav) jamiyati rahbariga nisbatan ma'muriy chora (jarima) qo‘llanildi.

Toshkent shahar IIBB O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, «ko‘rgazma» niqobi ostida uyushtirilayotgan hayvonlar janglariga nisbatan befarq qolmadi. Ushbu holatlarning oldini olishga nisbatan barcha choralar ko‘rilmoqda.

Undan tashqari, IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan jazo chorasini kuchaytirish taklifi bilan chiqmoqda.

Bu borada o‘zga mamlakatlar tajribasi o‘rganib chiqildi. Masalan, Rossiyada 2018-yilning 27-dekabrida «Hayvonlarga nisbatan munosabatlarda javobgarlik to‘g‘risidagi» qonun qabul qilingan edi. Unda nafaqat hayvonlar janglari uyushtirish va hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, balki shu mazmundagi materiallarni tarqatish ham taqiqlangan.

AQSh qonunchiligida ham itlar janglari taqiqlangan va ularning tashkilotchilariga nisbatan qattiq jazo choralari belgilangan. Buyuk Britaniyada hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish 51 haftagacha qamoq jazosi va 20 ming funt jarima bilan jazolanadi.

Qozog‘istonda esa itlar janglari faqat seleksiya maqsadlarida va faqat birinchi qon chiqquniga qadar o‘tkazilishi ta’kidlangan.

O‘zbekiston qonunchiligida hayvonlar janglarini taqiqlovchi qonun yo‘q, lekin hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish haqidagi qonun bor. Unga ko‘ra aybdor EKIHning 0,5 foizidan–2 barobari miqdorida jazolanishi mumkin. Tajribadan ko‘rinib turibdiki, ushbu choralar shafqatsiz insonlarni to‘xtatib qola olmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech