20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,6 °C

Kеyingi avlod
25 Aprel  2019 1354

Sergeli tumanida 4 ta yangi maktab qurilishi boshlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida aholi uchun ko‘plab uy-joylar qurilmoqda. Mazkur uy-joylarga oilalarning ko‘chib o‘tishi natijasida ijtimoiy ob'ektlarga, xususan, ta’lim muassasalariga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Poytaxtimizning Sergeli tumanida ham ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, yangi mavzelar aholiga topshirildi. Mazkur mavzelarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2019-yilning 23-aprel kuni tumanda to‘rtta yangi umumta’lim maktablarining qurilish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev, Qurilish vaziri o‘rinbosari Kozim To‘laganov maktablarning qurilishi oldidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Zamonaviy loyihalar asosida qurilayotgan maktablarning har biri 1,5 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab birinchi o‘quvchilarni qabul qiladi. Mazkur o‘quv muassasalarining ishga tushirilishi Sergeli tumanida qurilayotgan mavzelar atrofida joylashgan yuqori koeffitsientli maktablardagi vaziyatni yaxshilanishiga olib keladi.

Shu bilan birga, joriy yilda yuqori koeffitsientli 267- va 303-maktablar uchun investitsiya dasturi doirasida 360 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech