20 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Moliya
29 Aprel  2019 2286

Mamlakatimizning yettita banki kobeyjing karta chiqaradi

Uzcard-UnionPay kartalarini chiqaruvchi banklar soni ko‘paydi.

Bunday banklar sirasiga «Aloqabank», «Turkistonbank», «Qishloq qurilish bank», «Agrobank», «Mikrokreditbank», «Hamkorbank» va Xalq banklarini kiritish mumkin.

«Bugun ana shunday kartalarni yettita bankdan olish mumkin», deya xabar qiladi Uzcard matbuot xizmati. Bunday karta egasi birdaniga ikki to‘lov tizimidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

UnionPay International to‘lov kartalari dunyoning 170 dan ziyod mamlakatlarida qabul qilinadi. Bunday kartalarning jami soni 5 milliard donadan oshib ketdi va bu UnionPayga yetakchiga aylanish imkonini berdi.

O‘zbekistonda esa kobeyjing kartalar 2018-yilning noyabrida chiqarila boshlangan. Bu ikkita Uzcard va UnionPay to‘lov tizimlarining birgalikdagi kartalaridir. Ya'ni kobeyjing karta O‘zbekistonda odatdagi so‘mda, xorijda esa valyutadagi karta bo‘ladi.

UnionPay International kartalari egalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy davlatlardagi moliyaviy muassasalarda kobeyjing karta orqali to‘lovlar chog‘i so‘m o‘sha davlat valyutasiga lahzada ayirboshlanadi va AQSh dollari oldi-sotdisi kross-kursi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech