28 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Agrosеktor
26 May  2020 3894

Qishloq xoʻjaligida yana bir innovatsion qadam

Andijon texnoparkida qishloq xoʻjaligi yerlarni sunʼiy intellekt yordamida boshqarish innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda.

Raqamli texnologiyalar eng katta yutugʻi — tashkiliy, moliyaviy va inson xarajatlarni tejash orqali iqtisodiy samaradorligini keskin ravishda oshirish imkoniyati. Shu oʻrinda raqamli texnologiyalardan turli soha va tarmoqlarda keng foydalansa boʻladi. Yurtimiz uchun eng dolzarb boʻlgan shunday sohalaridan biri qishloq xoʻjaligi. Mazkur sohada hozirgi paytda katta ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda.

Jumladan, Andijon viloyatidagi qishloq xoʻjaligi yerlari va ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor va aniq baholash maqsadida sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlaridan foydalanish boʻyicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihaning maqsadi “sunʼiy intellekt” texnologiyalari yordamida Andijon viloyati sharoiti uchun moslashtirish hamda qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining holatini (sunʼiy yoʻldosh tasvirlari tahlili natijasida aniqlash orqali) obyektiv baholash hisoblanadi.

Loyiha doirasida Andijon viloyatining jami 6 ta maydonlari tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtirildi.

Shuningdek, yer egalariga uchun sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holatiga tegishli xulosalar beriladi.

 

“Monterra” onlayn platformasi orqali qishloq xoʻjaligi yerlarini sunʼiy yoʻldoshlardan foydalangan holda, xaritalarning turli xil murakkabliklarini yaratish uchun yerning muayyan hududlarini tasvirdan oʻtkazadi va ular keyinchalik hosildorlikni tahlil qilish uchun tizimda saqlaydi.

 

Bu loyihaning asosiy ustunlik jihatlari quyidagilar:

  • qishloq xoʻjaligi sohasida tarixiy tasvirlarni yillar kesimida tahlil qilish;
  • qishloq xoʻjaligi sohasida olingan tasvirlarni maʼlumotlar solishtirish;
  • topografik va kadastr xaritalarini yaratish;
  • qishloq xoʻjaligi maydonlarini relyefini tahlil qilish;
  • paxta va gʻalla oʻsish jarayonlarini (vegetatsiya) davrida onlayn kuzatish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • yer maydonlarida ekilgan ekinlarning turi va holati haqida maʼlumotlarni toʻplaydi.

Mazkur loyihani amalga oshirishda Texnopark qoshida yangi rezident tashkil etiladi va 7 nafar malakali dasturchilardan iborat mutaxassislarni qishloq xoʻjaligi sohasida malakasi oshiriladi.

Tashkil etilgan korxona tomonidan Andijon viloyatining barcha ekin maydonlarini tahliliy maʼlumotlarni shakllantirib yer egalariga taqdim etadi.

Bundan tashqari ushbu loyiha doirasida chet el davlatlarining yer maydonlari haqidagi tegishli xulosalarni shakllantirgan holda ushbu xizmatni eksportni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech