06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Salomatlik
19 May  2020 870

Bugun 24 kishi sogʻaydi

Toshkentda 24 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar 2338 nafarga yetdi.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 7 nafar, jami 24 nafar bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 8 nafari erkak, 9 nafari ayol boʻlib, bemorlar orasida eng yoshi kattasi 47 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning barchasi erkak kishilar boʻlib, bemorlar orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar sogʻayganlar soni 796 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 338 nafarni tashkil etadi deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech