13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Ijtimoiy hayot
9 Iyul  2020 554

Sayyor qabullarda nazoratga olingan masalalar keyinchalik oʻz yechimini topyatimi?

Joriy yilning 25-26-iyun kunlari Prezident administratsiya va Xalq qabulxonalari boshchiligida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo hamda Oltinsoy tumanlarida tashkil etilgan sayyor qabullarda Sariosiyo tumanidan fuqarolarning 222 ta murojaati koʻrib chiqildi. Ushbu murojaatlarning 61 tasi joyida hal etildi. 52 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi. Atroflicha oʻrganishni taqozo etadigan 109 ta murojaat boʻyicha tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olingan edi. Nazoratga olingan murojaatlar bosqichma bosqich oʻz ijobiy yechimini topmoqda.

Xususan, tumandagi “Marjona” mahallasi aholisini yoʻl, elektr tayanch ustunlari suv va boshqa bir qator muammolar qiynab kelayotgan edi. Fuqaro Abdujalil Odinayevning sayyor qabulda yuqoridagi muammolar yuzasidan mahalla ahli nomidan qilgan murojati tegishli soha vakillari tomonidan oʻrganildi. Va amaliy ishlar boshlab yuborildi. Dastlab 5 kilometrdan ortiq masofadagi ichki yoʻllar tekislanib asfalt yotqizildi. Mahalladagi 1968-yillarda oʻrnatilgan eskisim yogʻochlar yangi beton ustunlarga almashtirilimoqda.

Sayyor qabulda nazoratga olingan muammolardan yana biri bu tumandagi “Shabnam” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi. Mazkur murojjat xam sektor rahbarlari tomonidan manzilli rejaga kiritilib, ishlar boshlab yuborildi. “Mukammal qurilish Butlash” masʼuliyati cheklangan jamiyatixodimlari tomonidan 500 metr masofadan ichimlik suvi quvurlaritortib kelish uchun qazish ishlari boshlab yuborildi. Ayni vazifalarni ado etishga jamiyatning 20 nafardan ortiq malakali mutaxassislari hamda 4 ta maxsus texnikalar jalb etildi. Endi qisqa muddatda 120 dan ortiq oilaning toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladigan boʻldi.

2017-yildatogʻli hududlardagi tabiiy ofat – koʻchki tufayli“Gavharbuloq” mahallasidagi 42 ta xonadon tuman markazidagi “Sharq Yulduzi” mahallasiga koʻchirilib, joylashtirilgan edi. Aholini qiynab kelayotgan elektr energiyasi bilan bogʻliq muammo qabuldagi murojaatdan soʻng ijobiy hal etildi. Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, ushbu mahallaga 160 kilovatt kuchlanishdagi elektr podstansiyasi oʻrnatildi. 40 dona beton tayach ustunlari oʻrnatilib, elektr simlari tortilmoqda. Natijada 80 ta xonadonda elektr energiyasiga boʻlgan talab qondiriladi.

Oltinsoy tumanida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda ham fuqarolarning turli masalalarga oid 200 dan ortiq murojaati koʻrib chiqildi. Murojaatlarning 84 tasi joyida hal etilgan boʻlsa, 45 tasi boʻyicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha vaqt va oʻrganish talab etiladigan 73 ta murojaat tegishliligi boʻyicha mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabulda fuqarolarning eʼtiroziga sabab boʻlgan holatlar chuqur tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari koʻrildi. Muloqot asnosida Oltinsoy tumani “Yangiariq” mahallasida yashovchi Zamira Gʻaniyevaning kasb-hunar kollejini tugatgan oʻgʻlining bandligi masalasi yechildi.

Shuningdek, qabulda ilgari bandlik masalasida murojaat qilgan 40 nafar ishsiz ayollarga “Gilam toʻqish” kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar ham topshirildi. Jonli muloqotlar doirasida ijtimoiy ahvoli yomonligi sabab murojaat qilgan 11 ta oilaga ularni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash uchun zamonaviy tikuv mashinalari berildi.

Tumanning “Xalqobod” mahallasidagi ichki yoʻllarni taʼrmirlash ishlari boshlagan boʻlsada, baʼzi bir sabablarga koʻra oxiriga yetmay qolgan edi. Mazkur ishni yakuniga yetkazish masalasida qilingan murojjat ham mutasaddilar tomonidan oʻrganilib taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.

Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad boʻlib, uning roʻyobi yurtimiz ravnaqiga, fuqarolarning farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech