22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Mamlakatimizda
27 Mart  2019 1486

Sayyor qabullarda fuqarolarning muammolari hal etilmoqda

Joriy yilning 25-mart kuni Buxoro viloyati Peshko‘ tumani “Bolalar va o‘smirlar sport majmuasi” binosida Buxoro viloyat prokurori B.Valiyevning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

 

Buxoro viloyat prokurori B.Valiyevning ommaviy sayyor qabuliga viloyatdagi tegishli tashkilot va idoralar raxbarlari hamda boshqa sektor rahbarlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda jami 380 nafardan ortiq fuqaro qatnashdi, shundan 2-sektor rahbariga 26 ta murojaat kelib tushdi, ulardagi masalalar soni 26 tani tashkil qiladi. Shundan 15 ta murojaatlar joyida qanoatlantirildi, 11 tasi esa hozirda o‘rganish jarayonida.

Murojaatlarning 4 tasi tergov ishlariga oid, 9 tasi bank krediti ajratishi bilan bog‘liq, 5 tasi ishga joylashtirish, 4 tasi moddiy yordam, 2 tasi nogiron fuqarolarga nogironlik aravachasi olib berish bilan bog‘liq, 2 tasi elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq masalalarni tashkil etadi. Ushbu murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech