16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Mamlakatimizda
4 Aprel  2019 898

Sherobod tumanidagi sayyor qabulda murojaatlarning 117 tasi joyida hal etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmanov boshchiligida Sherobod tumanda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. O‘tgan vaqt davomida sektor rahbarlari, viloyat hokimligi, Prezidentimizning viloyat xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan uyma-uy yurilib aholining turmush sharoiti, ijtimoiy ahvoli o‘rganilishiga qaramasdan, hali muammolar bir talay ekanligi sayyor qabul davomida ma'lum bo‘ldi.

 

Sherobod tuman fuqarolaridan uy-joy masalasida 34 ta, ish bilan ta'minlash uchun 38 ta, ichimlik suvi bo‘yicha 18 ta, qishloq yo‘llarining ahvoli haqida 22 ta, ta'lim va maktabgacha ta'lim borasida 13 ta, kadastr sohasida 16 ta, sog‘liqni saqlash masalasida 8 ta murojaat kelib tushgan. Kun davomida 238 nafar fuqarolarning shikoyat va arizalari qabul qilinib, ularning 117 tasi yoki 42,7 foizi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar esa qat'iy nazoratga olinib, tegishli tartibda hal qilish uchun o‘n kun muddat belgilandi.

Tumandagi “Chag‘atoy” mahallasidan Bozor Norbo‘taev, “Poshxurt” mahallasidan Amon Bozorov, “Cho‘michli” mahallasidan Xurram Jumaev, “Xo‘jaqiya” mahallasidan Zubayda Ibragimova kabi bir qator fuqarolarga sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan eshitish moslamalari berildi. Shuningdek, davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi 42 nafar fuqaroga shu yerning o‘zida tegishli xizmat ko‘rsatib, muammolarni hal etishdi.

– Men yurtboshimiz tomonidan yuborilgan vakilga Poshxurt qishlog‘ida xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida tikuvchilik sexini ochish bo‘yicha murojaat qildim. Taklifim qanoatlantirildi. Qishlog‘imizda tikuvchilik sexi qurish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Bundan nafaqat men, barcha poshxurtliklarning boshlari osmonga yetdi, – deydi shu qishloqda yashovchi Oynaxol Rahmonova.

Tumanda istiqomat qiluvchi 14 nafar fuqarolarning tuman hududida faolyat yuritib kelayotgan sement ishlab chiqarish zavodiga  ishga joylashtirishni so‘rab qilgan murojaatlari joyida hal etilib barchasining talabi ijobiy hal etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech