27 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Ijtimoiy hayot
19 Aprel  2019 724

Sayyor qabulda 11 nafar ota-onasi yo‘q talabalarning kontrakt puli to‘lab berildi

– Boshlang‘ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi kursda kontrakt asosida o‘qiyman, – deydi Go‘zal Xolmirzayeva. –  Moddiy imkoniyatimiz yetmagani uchun ikkinchi yarim yillik kontrakt pulini o‘z vaqtida to‘lay olmadim. Bugun mazkur masalada ko‘mak so‘ragan edim, muammo joyida yechimini topdi. Shahar hokimi tomonidan o‘qishim uchun 4 562 000 ming so‘m pul to‘lab berildi. Bunday g‘amxo‘rlikdan boshim osmonga yetgandek bo‘ldi.

Qumqo‘rg‘on tumanining “Xo‘jamulki” mahallasida tug‘ilgan Go‘zal Xolmirzayeva Termiz davlat universitetining pedagogika fakultetida ta’lim olmoqda. Taqdir taqozasi bilan u chin yetim bo‘lib qolgan. Biroq, o‘qishni tugatgach, o‘z mahallasidagi umumta’lim maktabida yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida chuqur bilimli etib tarbiyalashni maqsad qilib olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari A.Usmonov boshchiligida Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida o‘tkazilgan sayyor qabulda G.Xolmirzayeva singari yordam so‘rab murojaat etgan 11 nafar chin yetim talabalarning o‘qishi uchun zarur bo‘lgan 49 048 452 so‘m kontrakt mablag‘lari shahar hokimi tomonidan to‘lab berildi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan sayyor qabulda 243 nafar fuqaroning 270 ga yaqin murojaati tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlariga topshiriqlar berildi. Mazkur murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash kabi masalalarga oid bo‘lib, ko‘pchiligi joyida yechimini topdi.

Masalan, Termiz shahridagi Navro‘z mahallasida yashovchi Mayram Jumayeva moddiy imkoniyati yetmayotgani sababli ko‘p yillardan buyon sog‘ligini tiklay olmayotgani va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan birida jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ehtiyoj sezayotganini ma’lum qildi. Bu masala Termiz shahar hokimligi tomonidan joyida hal etildi. Fuqaroning davolanishi uchun 5 000 000 so‘m mablag‘ ajratildi.

“To‘proqqo‘rg‘on” mahallasida yashaydigan Zuhra Raimova ishga joylashish masalasida yordam so‘rab, murojaat etdi. Bu masala ham joyida hal etilib, fuqaro Surxondaryo viloyat “Elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga ishga qabul qilindi.

Sayyor qabul jarayonida tinglangan murojaatlarning 103 tasi joyida o‘z yechimini topdi. Muddat talab etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech