22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +39,6 °C

Mamlakatimizda
26 Iyun  2019 476

Saylov kodeksi tasdiqlandi

Mazkur Kodeks Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari, mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibini belgilaydi.  Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Ilgari mazkur saylovlarni o‘tkazish tartibi alohida-alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solingan edi.

Saylovlarda har bir fuqaro bir ovozga ega.

Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.

Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 150 ta hududiy saylov okrugi tuziladi.

Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15 nafar deputat O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan.

Endilikda O‘zbekiston ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya deputatlikka o‘z nomzodlarini umumiy saylovlarga qo‘ygan holda Qonunchilik palatasidan o‘rin egallashi mumkin.

Endilikda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi.

Unga ko‘ra saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida saylovchilarning ro‘yxati to‘g‘risidagi o‘zi uchun kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kodeksda uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning jihozlanishiga oid talablar o‘z aksini topdi.

Xususan, saylov komissiyalari joylashgan binolarda saylov uchastkasining xaritasi, zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internetga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari) bo‘lishi kerak.

Saylovlar soat 08.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ilgari soat 06:00 dan soat 20:00 gacha o‘tkazilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech