02 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,5 °C

Energetika
10 Fevral  2020 2087

Saudiya Arabistoni investitsiyasi Sirdaryoda elektr stansiyasi qurilishiga yo‘naltiriladi

2020-yil 7-fevralda Energetika vaziri Alisher Sultonov «ACWA POWER» kompaniyasi Boshqaruvi raisi Muhammad A. Abunayan boshchiligidagi Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Xorijiy delegatsiya tarkibiga shuningdek Milliy kompaniyalarni rivojlantirish bo‘yicha dastur rahbari Badr bin Ibrohim al-Badr, Saudiya Arabistonining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Xishom Mish’al bin Suvaylim al-Suvaylim va ushbu kompaniyaning mas’ul shaxslari ham kirgan.

Muzokaralar davomida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni va kelgusi hamkorlik istiqbollar muhokama qilindi.

Energetika vazirligi tomonidan «ACWA POWER» kompaniyasi bilan birgalikda Sirdaryo viloyatida umumiy quvvati 1250 MVt ga teng IKKIta bug‘-gaz qurilmasini (BGQ) barpo etish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Tomonlar o‘rtasida 2019-yil 20-21-sentyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Energetika investitsiyaviy forumi doirasida Loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari to‘g‘risidagi bitim imzolangan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-oktyabrdagi mavjud Sirdaryo IES yonida elektr stansiyalari qurish bo‘yicha tegishli topshirig‘iga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Ushbu hujjatda har birining ikkita bug‘-gaz qurilmasi bo‘lgan ikkita elektr stansiyasining (jami 4 BGH, har birining quvvati 650–700 MVt) qurilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida «ASWA Power» kompaniyasi qiymati 1 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga ikkita BGQ ni loyihalashtirish, yetkazib berish va qurilishini ta'minlashni o‘z zimasiga olgan.

Bunda investor tomonidan foydali ish koefitsenti 60% dan yuqori bo‘lgan, hamda yiliga 10 milliard kilovat/soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega BGQ ning eng so‘nggi modellaridan foydalaniladi.

Bug‘-gaz qurilmalarini joylashtirish uchun Energetika vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan Boyovut tumanida va Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida maydonchalar aniqlangan.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar bosqichlarini belgilangan ishlar jadvaliga muvofiq amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga, tomonlar Respublikaning Sirdaryo viloyatidagi texnikum negizida birgalikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzolash haqida kelishib oldi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech