17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,8 °C

Salomatlik
18 Mart  2019 1030

Saraton xavfini kamaytiruvchi 5 mahsulot

Quyida tavsiya etilgan mahsulotlar hamisha taomnomangizdan o‘rin olsin. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, ularni muntazam iste'mol qilish organizmda turli o‘smalarning paydo bo‘lish xavfini samarali kamaytiradi.

 

Kletchatka (biriktiruvchi to‘qima)li mahsulotlar. Yaqinda 125 ming inson ustidagi 24 yillik kuzatishlar natijalariga xulosa yasaldi. Olimlar ana shu davr ichida ko‘ngillilarning gastronomik ko‘nikma-odatlarini ularning sog‘ligiga qanday ta'sir ko‘rsatishini kuzatishdi. Bu loyihada tadqiqotchilar tomonidan qilingan xulosalardan biri kletchatkali mahsulotlarni muntazam iste'mol qilishning saratonga qarshi kuchli samarali himoya qilish xususiyatiga egaligidir. Xususan, taomnomasida doim kletchatka bo‘lgan insonlar jigar saratoniga sezilarli kamroq chalinar ekan.

Beta-karotinli mahsulotlar. Bu gurhga sariq va to‘q sariq tabiat ne'matlari – sabzi, oshqovoq, o‘rik va boshqalar kiradi. Beta-krotin organizmga kuchli antioksidant sifatida ta'sir ko‘rsatadi. Olimlar tomoq va yo‘g‘on ichak saratoni xavfining kamayishini ana shu mahsulotlar bilan bog‘laydilar.

Likopinli mahsulotlar. Tarvuz, pomidor va xurmo karotinoid pigmentli likopinlarga boy. Likopin, shuningdek, antioksidant ta'sirga ega. Taomnomada muntazam likopin bo‘lishi o‘pka, oshqozon, prostata bezlari, sut bezi saratoni xavfining kamayishiga xizmat qiladi.

Yong‘oqlar. AQShda 75 ming ayol ustidan o‘tkazilgan tajribaning ko‘rsatishicha, haftasiga 60 gramm yong‘oq iste'mol qilgan ayollarda ularni kam yegan va umuman yemaganlarga qaraganda oshqozonosti saratoni xavfi juda past bo‘lgan. Shuningdek, ushbu mahsulotlarning ichak saratoni oldini olish xususiyatiga egaligi ham aniqlandi. Janubiy Koreya olimlarining tasdiqlashicha, hafta davomida uch mahal yong‘oq iste'mol qilish bu - erkak va ayollar uchun kolorektal saratonga qarshi kuchli himoya degani ekan.

Dukkaklilar. Olimlarning tasdiqlashicha, dukkakli mahsulotlarni har kuni iste'mol qilish tavsiya etiladi. Bu organizmni yetarli miqdorda rux moddasi bilan ta'minlaydi. Tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, saratonga chalingan bemorlar to‘qimalarida aynan rux moddasi kamligi bilan ajralib turishadi.  Shuningdek, dukkakli mahsulotlar tarkibidan antikanserogen samaraga ega maxsus tarkib IP6 ekstrakti mavjud. U ko‘krak, jigar, yo‘g‘on ichak, prostata bezlari va oshqozon saratonlari oldini olishda samarali ta'sirga ega.

Karamsimon sabzavotlar. Ularga karamning turli tiplari kiradi. Aniqlanishicha, ushbu mahsulotlar organizmga singish jarayonida biologik faol birikmalarni hosil qiladi va ular DNKni zararlanishdan himoyalaydi. Shuningdek, saraton hujayralari faolligini bosib, ularning birlashib, yomonsifatli o‘smalar hosil qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech