13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Ijtimoiy hayot
11 Oktyabr  2019 376

San'at ekspertizasi boshqarmasi binosi va uning yonidagi uylar buzilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda va fuqarolarning shaxsiy sahifalarida San'at ekspertizasi boshqarmasi binosi va uning yonidagi uylar buzib tashlanishidan aholi xavotirda ekanligi bildirilgan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov bu ma'lumotni rad etgan.

Lashkarbegi ko‘chasidagi 19-uyda joylashgan San'at ekspertizasi boshqarmasi binosi va unga tutash hududdagi tarixiy ahamiyatga ega inshootlar buzilmaydi.

Hokimlik matbuot xizmati ushbu masala bo‘yicha keyinroq yana ma'lumot berilishini aytib o‘tgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech