26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Ijtimoiy hayot
2 Aprel  2020 748

Sanʼat ahli hamisha faol

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda shu kunlarda sanʼat ahlining jimib qolgani, xayriya ishlarida ham faol emasligi haqida turli fikrlar bildirilmoqda. Aslida millat boshiga ogʻir kunlar kelganida sanʼatkorlar ham chetda turmasdan, birinchilardan boʻlib, karantin davrida odamlarning uyda oʻtirishlari uchun tayyorlanayotgan turli koʻngilochar koʻrsatuvlaru, koronavirusdan himoyalanish uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqidagi turli chellendjlarda faol ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari sanʼatkorlarimiz ham koʻpchilik qatori xalqimizning ogʻir kunlarida yurtimizda yangi tashkil etilgan “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga va kam taʼminlangan oilalar, aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun ham xayriya ishlarini amalga oshirib kelishmoqda.

Faqat bunday ishlar xayriya boʻlganligi bois, koʻpchilik sanʼatkorlar tomonidan oshkor qilinmasdan kelinmoqda. Bugungi kunda bizga maʼlum boʻlganlaridan, karantin davrining ilk kunlaridan to shu kunga qadar sanʼatkorlar tomonidan “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 200 million 500 ming soʻm hamda kam taʼminlangan oilalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun 152 million soʻm, umumiy hisobda 352 million 500 ming soʻm xayriya mablagʻlari yoʻnaltirilgan.

Bundan buyon ham bu boradagi ishlar faol davom etadi. Sanʼatkorlar har qanday kunda doimo xalqimiz va muxlislar bilan birga.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech