11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Salomatlik
27 May  2020 374

Samarqandlik 63 yoshli shaxs vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor oʻtkir nafas va yurak qon — tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Samarqandlik fuqaro shu yil 19-mayda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida ogʻir ahvolda yotqizilgan. Oʻtkazilgan tahlillar natijasida unda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan. Paxtachi tumanida yashovchi 63 yoshli erkak kishi 3 yildan buyon I-guruh nogironligi boʻlib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya ogʻir darajasi tashhisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017-yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

Shu yil 25-mayda bemorning ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo boʻlgan va reanimatsiya boʻlimiga olingan. Boʻlimda bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, vazirlikning turli yoʻnalishlar boʻyicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xodimlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham oʻtkazilib, doimiy nazorat taʼminlangan.

Biroq koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech