02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Xavfsizlik
26 Mart  2020 443

Samarqandga transport vositasi kirishi to‘xtatiladi

2020-yil 27-mart soat 06:00dan boshlab, Samarqand shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) uchun to‘xtatiladi.

Mazkur cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarda, shuningdek, Samarqand shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, Samarqand shahrida joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini olib borayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas'ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shu bilan bir qatorda, 27-mart soat 06:00dan boshlab Samarqand shahri hududida tramvay va avtobuslar harakati to‘xtatiladi, deb xabar beradi Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, xabarda shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantiradi, hamda karantin tartib- qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech