26 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,2 °C

Turizm
25 Mart  2020 1708

Samarqanddagi Kiev g‘ori — sirli makonligicha qolmoqda

Samarqand - Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri.

Bu shahar asrlar davomida insoniyat uchun noma’lum bo‘lib kelgan sirli va afsonaviy joylarga boydir.

Kiev g‘ori (shaxtasi) ham ana shunday ko‘pchilikka noma’lum joylardan biridir. Ushbu g‘or Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Kamangaron qishlog‘i yaqinida, Kirktau massivida (Zarafshon tizmasi) joylashgan. 

G‘orning 1972-yilda A. B. Klimchuk rahbarligidagi Kiev speleoturizm seksiyasi va speleologik tadqiqotlar laboratoriyasi speleologlari tomonidan kashf qilinganligi joy nomining Kiev g‘ori yoki KiLSI deb nomlanishiga sabab bo‘lgan. 

1973-yilda g‘or 520 metr chuqurlikkacha kashf etilgan bo‘lsa, 1976-yilga kelib

1 080 metrgacha zabt etilgan. G‘orning ichi 20-95 metr chuqurlikdagi qator vertikal shaxtalardan va uzunligi 30-50 metr bo‘lgan qoyasimon galereyalardan iborat. U yerdagi havo harorati +4-5° S darajada. 

Kiev g‘orining devorlarda 100 metr chuqurlik joyidan boshlab suv oqimi boshlanadi va u chuqurligi 1,7 metrgacha bo‘lgan oqar ko‘llar tizimini hosil qiladi. Suv harorati +3° C atrofida. 

G‘or chuqurligi deyarli 10 metrlik ko‘l bilan tugaydi, chunki tor teshiklardan chuqurroq o‘tishning imkoni bo‘lmagan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech