18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,7 °C

Mamlakatimizda
19 Mart  2019 1166

Samarqandda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiali ish boshlaydi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Loyihaga ko‘ra, Filial Prezident Shavkat  Mirziyoyevning 2019-yil 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, shuningdek,  iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.

Uning asosiy vazifalari etib hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlikda viloyatda ehtiyoj yuqori bo‘lgan quyidagi va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash belgilangan:

– “Raqamli iqtisodiyot”;

– “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”;

– “Agrobiznes va marketing”;

– “Buxgalteriya hisobi va audit” va b.

Qaror loyihasida Filialga O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 21-sentyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan 2019 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda qabul kvotalarini belgilash huquqi berilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech