24 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Xavfsizlik
16 Yanvar  2020 615

Samarqandda o‘g‘irlik qilgan voyaga yetmagan shaxs 4 yilga qamaldi

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmatining xabar berishicha, 2019-yil 26-oktyabr kuni taxminan soat 04:00larda 17 yoshli Ozodbek U. Samarqand viloyati, Jomboy tumani “Qorasuv” qishlog‘ida yashovchi 28 yoshli fuqaro Z.Sh.ning uyi darvozasi oldida turgan “Damas” avtomashinasini olib qochgan.

Ozodbek ushbu avtomashinani “M-39” sonli avtomobil yo‘li bo‘ylab “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, 1106 km.da qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi F.M.ning boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ozodbek U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida uning muqaddam ikki marotaba o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismining “a” bandi (takroran o‘g‘rilik) va 267-moddasi 1-qismi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining 2019-yil 16-dekabrdagi hukmiga ko‘ra, Ozodbek U. yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech