17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Kеyingi avlod
11 Fevral  2019 1484

Samarqandda jahon rekordi yangilandi

Samarqanddagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2002-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda 64 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Kumushxon Fayzullaeva dast ko‘tarishda 97 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda mazkur vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon rekordini ham yangiladi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, o‘smirlar o‘rtasida olimpiada chempioni bo‘lgan Kumushxon Fayzullaeva siltab ko‘tarishda 121 kg, jami 218 kg natija bilan o‘z vazn toifasida ham tengsiz deb topildi.

Samarqandda besh kun mobaynida o‘tkazilgan mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 250 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech